19:14 / 20.02.2017
10 610

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti”: tashabbus sizdan, ko‘mak bizdan

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti”: tashabbus sizdan, ko‘mak bizdan

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lganidek Jizzax viloyatida ham xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, sohani izchil rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jizzaxning iqtisodiy istiqboli haqida so‘z ketganida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, sanoat salohiyatini yuksaltirish hisobiga ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlash joiz. Ayniqsa, aholini, xususan xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlash orqali daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Albatta, bu boradagi rejalarni hayotga tatbiq etishda O'zLiDeP a’zolari ham munosib hissa qo‘shmoqdalar.

Jizzax tumanida O'zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan “Qishloqqurilishbank”, “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” vakillari hamda tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlar ishtirokida o‘tkazilgan “Ayollarni kichik biznes, tadbirkorlik hamda fermerlikka jalb etish: mavjud muammolar va echimlar” mavzuidagi amaliy tadbir fikrimiz isbotidir.

Tumanning har bir xonadonda tashabbuskorlik, jonsaraklik ko‘zga tashlandi. Oilalarda tadbirkorlik, mirishkorlik qanot yoygan. Odamlarning ishbilarmon bo‘lib, nafaqat o‘z xonadoni, balki butun el-yurtimizga naf keltirgani, xalqni boy qilganiga nima etsin! Ayniqsa, “Qo‘shbarmoq” QFY hududidagi “Qahramon” mahalla fqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning dehqonchilik, tomorqachilik yo‘nalishidagi g‘ayratiga, tashabbusiga havas qilsa arziydi. Ularni bu yo‘nalishlariga qiziqishiga katta sabab shu mahallada istiqomat qiluvchi, gulchi opa, degan nom bilan katta-yu-kichikning hurmatiga sazovor bo‘lgan Sharofat Norievaning kichik biznes va tadbirkorlik g‘oyalarini targ‘ib qilishidadir. Xotin-qizlar uyda o‘tirsa ham foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lgani ma’qul, deb xisoblaydi “Xolmo‘minov Zohid” fermer xo‘jaligining rahbari, O‘zLiDeP faoli Sharofat Norieva.

—Ushbu tadbir bizning mahalla xotin-qizlari uchun ayni muddao bo‘ldi, - deydi u. —50 nafar xotin-qizlarni gulchilik, limon va issiqxona bilan shug‘ullanishlari uchun mahorat darslarini tashkil etdik. Ularga ko‘chatlarni ekish, qish kunlarida parvarish qilishni ko‘rsatib o‘tdik. Qiziqqan ayollarimiz bu jarayonni o‘z qo‘llari bilan bajarib, tajribalarini oshirishdi.

Shundan so‘ng, mahalla faoli Ma’ruf Saidvaliev tadbir ishtirokchilarini xonadonida limon etishtirishga ixtisoslashgan issiqxona faoliyati bilan tanishishga taklif etib, issiqxona tashkil etish to‘g‘risidagi sir-asrorlarini ishtirokchilar bilan bo‘lishdi.

— Erlarimiz unumdor, dehqonchilik, tomorqachilik bilan shug‘illanish uchun imkoniyatimiz etarli, - deydi Bahodir Abdurahimov. — O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan 2015 yilda tuman “Xalq banki” filialida 20 mln. so‘m miqdorida kredit olib, parrandachilikni yo‘lga qo‘ygan edik. Hozirda issiqxona tashkil etib, limon etishtirishni reja qilib turibmiz. Bu borada bank xodimlari bilan gaplashib, kredit olish bo‘yicha tegishli maslahatlar oldik. Bugungi o‘quv seminaridan olgan bilimlarimiz rejalarimizni qiynalmasdan amalga oshirishda albatta qo‘l keladi.

Tadbir doirasida tumandagi erkak va ayollar kiyimlarini ishlab chiqaruvchi “Odina Skarlett tekstil” MChJda biznes boshlashning tartibi, bozorbop, haridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarish qoidalari, bank muassasalari bilan ishlash tartibi kabi mavzularda seminar tashkil etildi.

—O‘tgan yili O‘zLiDePning “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi ishtirok etib, katta ta’surotga ega bo‘lgan edik, - deydi “Odina Skarlett tekstil” MChJ rahbari M.Mannonova. —Hukumatimiz tomonidan xotin-qizlarni har-tomonlama qo‘llab-quvvatlab, yaratib berilayotgan sharoitlardan foydalangan holda bu jarayonda men o‘z hissamni qo‘shmoqchiman. Tumanimizdagi 100 nafar xotin-qizlarni usta shogird an’analari asosida to‘quvchilik hunarini o‘rgatib, qobiliyatli opa-singillarimizni ish bilan ta’minlash niyatidaman.

O‘quv-seminarlarida maroq bilan ishtirok etib, tashabbus ko‘rsatgan 2 nafar ayollarga parrandachilik hamda 5 nafar xotin-qizlarga limon etishtirishni yo‘lga qo‘yish uchun tijorat banklari tomonidan 52 mln.so‘m miqdorida kreditlar ajratildi.

Shu kuni partiya faollari “Qahramon” QFY istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan xonadonlarga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlarini o‘rgandilar. Ular bilan suhbatlashib, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va daromadlarini oshirish borasida zaruriy ko‘rsatlmalar berilib, amaliy choralar ko‘rildi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, O‘zLiDeP “Ayollar qanoti”ning bunday tashabbuslari respublikamizda tadbirkor, ishbilarmon xotin-qizlar safi yanada kengayishiga, oilalar ahilligi, farovonligi ta’minlanishida xizmat qilmoqda. Bu kabi amaliy ishlar mamlakatimizning barcha viloyatlarida olib borilishi rejalashtirilgan.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zLiDeP “Ayollar qanoti”: tashabbus sizdan, ko‘mak bizdan