19:47 / 20.02.2017
6 803

Piyodalarni jarimaga tortish boshlandi

Piyodalarni jarimaga tortish boshlandi

O‘zbekiston haydovchilari yillab kutgan quvonchli voqea sodir bo‘ldi — YHXX xodimlari piyodalarga jarima solishni boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.

Ijtimoiy tarmoqlarda ana shunday jarimalardan biri aks etgan jarima pattasi surati paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra Samarqand shahrida “Dinamo” stadioni yonida ko‘chani piyodalar o‘tish joyi bo‘lmagan joyda kesib o‘tgan fuqaroga salkam 50 ming jarima yozib berilgan.

“Zebra (piyodalar o‘tish joyi) ustidan emas boshqa joydan yo‘lni kesib o‘tgan do‘stim 49925 so‘m jarima to‘ladi! Piyodalar yo‘l qoidasini buzmanglar! Bo‘lmasa jarima to‘laysizlar. Hatto naushnik bilan yo‘lni kesib o‘tsangiz, 49925 so‘m jarima to‘laysiz! Men o‘zim ham ishonmagan edim, lekin birga borib jarima to‘lagandan keyin haqiqatdan ishondim”, — deydi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi.


Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu xabarga yuzdan ortiq izohlar qoldirishgan. Avvaliga ko‘pchilllik ishonmagan edi, voqea tafsilotlari aniq bo‘lganidan keyin bu haqiqat ekani ma’lum bo‘ldi.

Guvoh aytishiga qarganda, YHXX xodimlari qoida buzgan fuqaro pasporti asosida jarima yozib bermoqda. Fuqaro pasporti yonida bo‘lmagan hollarda, inspektor uning telefoniga sms xabari yuborishi mumkin. Agar pasport ham, telefon ham bo‘lmasa, qoidabuzar IIBga olib borilib shaxsi aniqlanadi va jarima pattasi yozib beriladi. 45 kun ichida jarima to‘lanmagan holda ish sudga oshiriladi.

“Do‘stim pasportim ham telef onim ham yo‘q deganidan keyin, ular rasiya orqali navbatchi mashinani chaqirib, uni IIBga olib borishgan. Shaxsi aniqlanganidan keyin darhol qo‘yib yuborishgan”, — deydi voqeani batafsil aytib bergan fuqaro.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda qabul qilingan yangi YHX qoidalariga binoan, O‘zbekistonda piyodalar ham yo‘l haraqatining to‘laqonli ishtiroqchilari deb tan olinadi va ularga nisbatan bir qator javobgarlik majburiyatlari belgilangan. Xususan, yo‘lni faqat piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tish, yo‘lni kesib o‘tayotganda diqqatni jalb qiluvchi boshqa ishlar (musiqa eshitish, kitob o‘qish, telefon o‘ynash va ho kazo) bilan shug‘ullanmaslik kabi. Bunday hollarda piyodalarga eng kam ish haqqining uchdan bir qismi miqdorida jarima belgilanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Piyodalarni jarimaga tortish boshlandi