Xitoyning Chjeszyan viloyatida yashovchi 94 yoshli ayol kung-fu bilan shug‘ullanishi tufayli internetda mashhur bo‘lib ketdi. Bu haqda Daily Mail nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Chjan Xesyan jangovar san’atlarning bu turi bilan to‘rt yoshidan shug‘ullana boshlagan hamda katta bo‘lganidan so‘ng Ninbo shahrida o‘zi dars bera boshladi. Ayol ayni damda nafaqaga chiqqan bo‘lib, har kuni sport bilan shug‘ullanadi va qurol sifatida yog‘och tayoqdan foydalanadi. U o‘z o‘g‘li bilan birgalikda mashqlar olib boradi, shuningdek, chevarasiga ham bu sport sir-asrorlarini o‘rgatmoqda.
Xesyan yaxshi jismoniy holatda bo‘lib, kuchli sog‘lig‘i bilan ajralib turadi. Ta’kidlanishicha, uni mahalliy aholi vakillari “ayol-risar” deb atashadi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi