21:13 / 21.02.2017
13 057

Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasidan ozod etildi

Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasidan ozod etildi

2016 yil dekabr oyidan beri O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimini egallab kelayotgan Adham Ikromov o‘z vazifasidan ozod etildi. Vazirlik Axborot xizmatining xabar qilishicha, Alisher Shodmonov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimini egallagan, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Adham Ikromov 2016 yilning 13 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlangan edi.

Alisher Shodmonov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ilm-fan, ta’lim, madaniyat va sport Qo‘mitasi Raisi lavozimini egallab kelayotgan edi.

Tibbiyot fanlari doktori, professor, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Shodmonov 1962 yil Andijon shahrida tug‘ilgan. U 1985 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

Ma’lum qilishlaricha, Adham Ikromov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimini saqlab qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasidan ozod etildi