22:49 / 24.02.2017
7 343

O‘zbekistonlik ziyoratchilarni Umra safariga olib borish uchun 30ta reys tashkil etiladi

O‘zbekistonlik ziyoratchilarni Umra safariga olib borish uchun 30ta reys tashkil etiladi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi 20 fevraldan boshlab "Umra-2017" dasturi doirasida reyslarni amalga oshirishni boshladi, deb yozmoqda Sputnik nashri.

O‘zbekistonlik ziyoratchilar Saudiya Arabistonining Jidda shahriga Boeing-767 havo kemalarida etkaziladi.

Bu yil dastur doirasida Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 30ta reys amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, 5500 yo‘lovchi tashish rejalashtirilgan.

"Umra-2017" dasturini amalga oshirish maqsadida yo‘lovchilarga barcha sharoit va qulayliklarni yaratish uchun Milliy aviakompaniyaning malakali mutaxassislari jalb etilgan.

"Umra-2017" dasturi 11 aprelgacha davom etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik ziyoratchilarni Umra safariga olib borish uchun 30ta reys tashkil etiladi