08:57 / 04.03.2017
8 527

Davomat pastligi sabab 23 ta ta’lim muassasasi rahbarlariga chora ko‘rildi

Davomat pastligi sabab 23 ta ta’lim muassasasi rahbarlariga chora ko‘rildi

23 fevral – 2 mart kunlari Toshkent shahridagi umimiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining 723 nafar o‘quvchi besabab dars qoldirgani aniqlandi. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar berdi.

Ta’lim muassasalaridagi davomatlar, o‘quvchi va talabalar tomonidan dars jarayonlarini o‘zlashtirib borish holatini o‘rganish maqsadida poytaxt hududidagi 322 ta maktablardan 30 tasida, 41 ta akademik liseylardan 21 tasida, 78 ta kasb-hunar kollejlarida davomat tadbirlari o‘tkazilgan.

Ta’lim muassasalarining o‘quvchi yoshlari, ularning ota-onalari o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish va profilaktika tadbirlariga qaramasdan 368 nafar maktab, 31 nafar akademik lisey, 324 nafar kasb-hunar kolleji o‘quvchilari turli sabablarga ko‘ra dars mashg‘ulotlarida qatnashmayotgani aniqlangan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jaev keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, bunday holatlarni oldini olish maqsadida 85 ta ta’lim muassasalarida o‘qituvchi va murabbiylar, ota-onalar ishtirokida sayyor muhokamalar o‘tkazilgan, 36 nafar ota-onalarga nisbatan va 23 ta ta’lim muassasalari rahbarlariga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari ko‘rilgan.

Bundan tashqari, yoshlarni “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi yot g‘oyalardan asrash maqsadida Toshkent shahri hududidagi 17 ta internet-klubda reyd o‘tkazilib, 19 nafar o‘quvchilar dars vaqtida, 2 nafar voyaga etmaganlar tungi vaqt soat 22:00 dan so‘ng internet-klubda o‘tirgani aniqlangan.

Qonun buzgan internet-klub ma’muriyatiga hamda ota-onalarga nisbatan ma’muriy jazo choralari ko‘rilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davomat pastligi sabab 23 ta ta’lim muassasasi rahbarlariga chora ko‘rildi