07:37 / 14.03.2017
6 814

Rossiya fuqaroligini olish yengillashtiriladi

Rossiya fuqaroligini olish yengillashtiriladi

Rossiya davlat dumasining millatlar ishi bo‘yicha qo‘mitasi Sobiq Ittifoq hududida yashagan va "rus tili tashuvchisi" deb hisoblanganlarning Rossiya fuqaroligini olishini osonlashtiradigan qonun loyihasini ma’qulladi, deb yozadi Kun nashri.

Qonun mualliflari bunday fuqarolar turkumiga sobiq Rossiya imperiyasi yoki Sobiq Ittifoq hududida yashaydigan fuqarolarni, shuningdek, Rossiyada tug‘ilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarindoshlari bor bo‘lganlarni kiritishni taklif etmoqda.

Bugungi kunda Rossiya fuqaroligini olmoqchi bo‘lgan bunday shaxslarga “xorijiy davlat vakolatli idorasi”ning boshqa fuqarolikdan chiqqani haqidagi hujjatini taqdim etishi asosiy g‘ovlardan biri bo‘lib turibdi. Shu bilan birga, xorijiy fuqarolar o‘zlaridagi fuqarolikdan voz kechish haqida yozma ravishda bildirsalar etarli. “Rus tili tashuvchilari” uchun esa amaldagi fuqarolikdan voz kechishning ruxsat berilgan tartibi o‘rnatilgan.

Ushbu qonun loyihasida bunday shaxslarga yashash uchun ruxsatnomani boshqa fuqarolikdan voz kechmay turib olish huquqini beruvchi tuzatishlar kiritish taklif etilmoqda. Bundan tashqari, yashash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati va uni cho‘zdirish imkoni ham taqdim etilishi mumkin.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, o‘tgan yilda Rossiya fuqaroligini olgan shaxslar soni 21 foizga ortdi. 2016 yilda 265 319 kishi fuqarolik olgan bo‘lsa, 2015 yilda bu ko‘rsatkich – 209 799 kishiga teng bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiya fuqaroligini olish yengillashtiriladi