20:13 / 15.03.2017
32 120

Toshkentda 7-sinf o‘quvchisi 35 yoshli ayolni zo‘rlagani aniqlandi

Toshkentda 7-sinf o‘quvchisi 35 yoshli ayolni zo‘rlagani aniqlandi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida ikki nafar voyaga etmagan shaxs 35 yoshli ayolni zo‘rlashdi. Bu haqda Nuz.uz'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Hodisa 2015 yilning noyabr oyi oxirlarida Sergeli tumanining Sputnik 8 mavzesida ro‘y bergan. Ikki yosh o‘spirin – ulardan biri 14, ikkinchisi 17 yoshda bo‘lgan, 12-raqamli uy oldida kechki soat 10da uyga qaytayotgan yosh ayolni kutib turishgan. Ikki noma’lum shaxs 35 yoshli ayolni zo‘rlashgan, so‘ngra uni do‘pposlashgan.

Sergeli IIB xodimlari qisqa vaqt ichida gumonlanuvchilarni qo‘lga olishdi. Ulardan biri biznes va turizm kolleji, ikkinchisi esa – o‘rta maktabning 7-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. Shu bilan birga, 14 yoshli o‘smir avval ham ko‘p jinoyatlarni sodir etgan – o‘g‘irlik, bosqinchilik.

«Bu bola yaxshi bo‘lmagan oiladan. U maktabga deyarli qatnamagan, doimiy ravishda jinoyatlar ishtirokchisiga aylangan. Bular asosan o‘g‘irlik, biroq u bir marta ma’lum turar-joyga ega bo‘lmagan kishini ayovsiz do‘pposlagan», - deya aytib o‘tdi Sergeli IIBning voyaga etmaganlar ishi bo‘yicha inspektori.

Zo‘rlash holati bo‘yicha har ikki o‘spiringa nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 2016 yilda, tergov yakunlangach hamda sud bo‘lganida, zo‘ravonlardan biri 18 yoshga to‘ldi va u umumiy tartibdagi koloniyaga joylashtirildi. Balog‘atga etmagan ikkinchi o‘smir bolalar koloniyasida 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 7-sinf o‘quvchisi 35 yoshli ayolni zo‘rlagani aniqlandi