18:53 / 16.03.2017
5 578

Toshkent yo‘llaridagi videokameralar 10 mingdan ziyod qoidabuzarliklarni qayd etdi

Toshkent yo‘llaridagi videokameralar 10 mingdan ziyod qoidabuzarliklarni qayd etdi

Toshkentning 115 ta chorrahasiga o‘rnatilgan videokameralar bir yarim kun davomida yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga oid 10 mingdan ziyod holatni qayd etdi. 16 mart kuni 12:00 holati bo‘yicha ma’lumotlar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi «Kompyuter markazi» bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shuhrat Murodov tomonidan OAV uchun tashkil etilgan brifingda ma’lum qilindi.

4900 dan ziyod holatda svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib ketish, 4100 holatda esa belgilangan tezlikni oshirish qayd etildi.

«O‘zbekiston pochtasi» pochtalonlari qoidabuzarlarning manzillariga jarima kvitansiyalarini tarqatadi. Jarima 60 kun muddatda to‘lanishi lozim, aks holda avtomobil jarima maydonchasiga jo‘natiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent yo‘llaridagi videokameralar 10 mingdan ziyod qoidabuzarliklarni qayd etdi