14:06 / 18.03.2017
6 905

Erdo‘g‘an turklarni ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirdi

Foto: AnadoluTurkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Evropada yashovchi turkiyaliklarni besh nafar farzand ko‘rishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Ta’kidlanishicha, bu Turkiyada to‘g‘ri deb hisoblanadigan raqamdan ikkitaga ko‘proq degani. Prezident so‘zlariga ko‘ra, turklar “Evropaning kelajagi” bo‘lib, shuning uchun ular Evropa mintaqasida o‘z sonini ko‘paytirishi kerak ekan.

“Men Evropadagi fuqarolarimiz, o‘z aka-uka va opa-singillarimga uchta emas, balki beshta farzandga ega bo‘ling deyman”, - dedi u.

Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, Evropa endilikda ularning vatani va ular o‘sha erda rivojlanishi kerak. “Biznes-loyihalar oching, farzandlaringizni eng yaxshi maktablarga bering, oilangiz eng yaxshi tumanda yashashi uchun harakat qiling, eng yaxshi mashinalarni haydang va eng go‘zal uylarda istiqomat qiling”, - deya qo‘shimcha qildi prezident.

Turkiya prezidentining aniqlik kiritishicha, bularning bari turklar “Evropaning kelajagi” bo‘lgani uchun qilinishi kerak. “Bu ularning sizga nisbatan adolatsiz munosabatiga eng yaxshi javob bo‘ladi”, - deya ta’kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an.

Ma’lumot uchun, Erdo‘g‘an Evropa mamlakatlari, jumladan Germaniya va Niderlandiya bilan, bu davlatlarda Turkiyaning bir necha siyosiy aksiyalari bekor qilingach, diplomatik mojaroga kirishdi. Turkiya rahbari shu sababdan Evropa davlatlarini “nasistlar” va “fashistlar” ekanida aybladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erdo‘g‘an turklarni ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirdi