Sevastopol yaqinida Qora dengiz tubida, 82 metr chuqurlikda Vizantiya zamonlariga oid uzunligi 125 metr keladigan qadimiy kema topildi, deb yozadi Kun.uz.
“Kema “Rostov-dayv” suvosti tadqiqotlari klubi a’zolari tomonidan topildi. Ular tomonidan o‘z vaqtida muhim ahamiyatga ega ko‘plab arxeologik topilmalar aniqlangan. Bu yangi topilma, taxmin qilinishicha, oxirgi yuzliklarda topilgan eng yirik topilma bo‘ldi”, deb xabar bermoqda Janubiy harbiy okrug matbuot xizmati.
Olimlar hozircha kema nima sabablarga ko‘ra suv tubiga ketganini aniq aytisha olishmayapti.
Maxsus kemalar ekipajlari va Qora dengiz harbiy-dengiz floti qidiruv-qutqaruv ishlari boshqarmasi mutaxassislari dayverlar bilan birgalikda kema yotgan hududni tekshirib chiqishdi. Kema bortida yuzlab amforalar (qadimiy ko‘za idishlar) topildi.
10 iyunda kema topilgan hududda bir necha yilga mo‘ljallangan katta miqyosdagi ekspedisiya o‘z ishini boshlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?