Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Zangiota tumanida xorijga noqonuniy tarzda valyuta olib chiqib ketishga ixtisoslashgan jinoiy guruh a’zolaridan birini qo‘lga olishdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
"47 yoshli Ulfatbek Hojibekov toshkentlik fuqarodan 131,4 ming dollar pulni olayotganida tezkor xodimlar tomonidan ushlandi. Jinoiy guruh a’zolari bu pullarni Zangiota tumanidagi aylanma yo‘llar orqali Qozog‘istonga olib chiqib ketishni rejalashtirishgan", — degan MXX vakili.
Xabarda aytilishicha, tezkor-surishtiruv tadbirlari natijasida Janubiy Qozog‘iston viloyatining Sariog‘och tumanida yashovchi 40 yoshli Tofik Ahmedov va 42 yoshli Karim Ahmedovlar ham guruh a’zolari bo‘lgani aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 182-moddasi (Bojxona qonunchiligining buzilishi") bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, - deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?