18:08 / 01.04.2017
6 321

Sergey Lavrov 7 aprelda Toshkentga keladi

Sergey Lavrov 7 aprelda Toshkentga keladi
7 aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentda bo‘lib o‘tadigan MDH TIV Kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova'ga asoslanib Sputnik nashri xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan mazkur yig‘ilish 2017 yilda rejalashtirilgan Hamdo‘stlik oliy organlarining eng muhim yig‘ilishlaridan biri hisoblanadi.

Yig‘ilishda vazirlar davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish borasidagi keng miqyosdagi masalalar va Hamdo‘stlik qatnashchi davlatlarining tashqi siyosiy yo‘nalishlarini muhokama qilishadi hamda dolzarb tashqi siyosiy muammolar yuzasidan fikr almashishlari rejalashtirilgan.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi qatnashchi davlatlarining tashqi ishlar vazirlari xristian, musulmon va boshqa din vakillariga nisbatan kamsitish va toqatsizlik qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida qo‘shma bayonot qabul qilishlari MDH TIVKning bo‘lajak yig‘ilishi diqqat markazida bo‘ladi.

Kun tartibidan shuningdek, MDH maqomini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, uning organlari ish samaradorligini oshirish, huquqni muhofaza qilish va gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergey Lavrov 7 aprelda Toshkentga keladi