"Bugungi kunda isloh qilinishi kerak bo‘lgan masalalardan yana biri erkaklarning doyalik qilishidir. Bu narsaga chek qo‘yish kerak, aziz birodarlar. Bu sharmandachilikka mustabid tuzum davrida mubtalo bo‘lganimiz etadi.
U paytlar ko‘pgina qadriyatlarimiz oyoqosti qilingan, qadrimiz toptalgan davr edi. Bu ishlar bizning ixtiyorimizda emas edi, shuning uchun erkak kishining doya bo‘lishiga oddiy narsa deb qaraldi, ayollar orasida esa erkakning qo‘li yengil bo‘lar ekan degan gap ham tarqab, erkak doyalarga muxlislik ko‘paydi.
Alhamdulillah, mustaqil bo‘ldik, endi uyat bo‘ladi, endi bu narsalarni to‘xtatish kerak. Doyalik shu qadar mas’uliyatli, shu qadar sharafli ishki, bu ishga chaqirilgan ayolga hatto eri ham to‘sqinlik qilishi mumkin emas, chunki bu farzi kifoyadir. Vaholanki shariatimizda ayoldan birinchi navbatda eriga itoat talab qilinadi.
Jamiyatdagi ayollar bu xizmatga doim ehtiyoj sezadilar, shuning uchun shu xizmatga layoqatli, bilimli, malakali, tajribali xodimalarni tayyorlash butun jamiyatga farzdir. Shuning uchun bir ayol «Men doyalik qilaman, chunki shahrimizda, qishlog‘imizda doya yo‘q» desa, eri uni bu ishda qaytara olmaydi", – dedi Rahmatulloh Sayfuddinov.
[media=https://youtu.be/ZVTKOk-hDBQ]
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi