7 387
Prezident Virtual qabulxonasiga Yakkasaroy tumani bo‘yicha 6000 dan ortiq murojaat kelib tushgan
Kecha, 5 aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan Sergeli va Yakkasaroy tumani aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.
Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas’ul xodimlari, davlat organi xodimlari, tegishli idora rahbarlari hamda muammosi mavjud bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalarigacha tuman aholisi tomonidan yo‘llangan murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Joriy yilning 4 aprel kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga mamlakat fuqarolari va tabdirkorlaridan Yakkasaroy tumani bo‘yicha jami 6236 murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 2807 tasi jismoniy shaxslardan hamda 429 tasi yuridik shaxslarga tegishlidir.
Ayni damda murojaatlarning 5592 tasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 644 murojaat esa ko‘rib chiqilmoqda.
Murojaatlarning 1046 tasi uy-joyga muhtojlik to‘g‘risida, 508 tasi bank-moliya masalalari bo‘yicha, 440 tasi sudlarga oid bo‘lib, shuningdek, fuqarolikni qabul qilish, propiskaga o‘tish, ish bilan ta’minlanish, ish haqi, pensiya, issiqlik ta’minoti, ta’lim, transport masalalari yuzasidan bir qancha murojaatlar kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?