20:10 / 07.04.2017
7 489

Favqulodda vaziyatlar vaziri Tojikistonga borib keldi


O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Juraev boshchiligidagi delegasiya joriy yilning 31 mart kuni Dushanbe shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining mintaqaviy uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda FVV Matbuot xizmatiga tayanib "Qalampir.uz" xabar berdi.

Mazkur tadbir Tojikiston Respublikasi Hukumati hamda BMT Taraqqiyot Dasturining Tojikistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Yig‘ilishda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalarining Favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlari, ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, AQSh, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Pokiston, Saudiya Arabistoni kabi davlatlarning Tojikistondagi elchilari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda 2016-2017 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari hududida yuzaga keluvchi ofatlardan ogohlantirish, ularni oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, 2015 yil Ashxobod shahrida o‘tkazilgan Mintaqaviy forum qarorlarini amaliyotga tatbiq etish masalalari, Senday Harakat dasturining Markaziy Osiyo davlatlarida amalga oshirilishi, shuningdek, Meksikada bo‘lib o‘tadigan ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Global Platformaga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama etildi.

Bundan tashqari, tadbirda 2015 yilda Parijda o‘tkazilgan 21-konferensiyada qabul qilingan BMTninng iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi konvensiyasi talablarining bajarilish holati, Markaziy Osiyo davlatlari favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining navbatdagi mintaqaviy uchrashuvini o‘tkazish joyi va muddati kelishildi.

Uchrashuv yakunida Markaziy Osiyo davlatlari favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlari tomonidan yakuniy bayonnoma imzolandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Favqulodda vaziyatlar vaziri Tojikistonga borib keldi