13:26 / 08.04.2017
4 336

Toshkentdagi NATO byurosi butunlay faoliyatini to‘xtatdi


Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha Toshkentda faoliyat yuritgan NATO byurosi 1 apreldan yopildi. Bunga alyansning mazkur hududdagi aloqalar strukturasi o‘zgargani sabab bo‘ldi, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.

Aslida Toshkentdagi NATO ofisining yopilishi haqida 2016 yil oktyabrda qaror qabul qilingandi. 1 oy o‘tib, Markaziy Osiyodagi NATO byurosi rahbari Rozariya Pulizi ofisning yopilishi siyosiy ahamiyat kasb etmasligini ta’kidlab, bunga ichki byudjet ko‘rsatkichlari sabab bo‘lganini aytgandi.

Xabarlarga ko‘ra, ofisni yopish bilan bog‘liq barcha ishlar yakunlanib, byuro 31 martdan faoliyat yuritishni to‘xtatdi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan bo‘ladigan munosabatlar Bryusselda hal etiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Toshkentdagi NATO byurosi 2014 yil may oyida ochilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi NATO byurosi butunlay faoliyatini to‘xtatdi