18:45 / 08.04.2017
5 924

So‘rovnoma ishtirokchilarining 34 foizi rahbarlardan ma’lumot ololmaslikdan norozi


“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi navbatdagi so‘rovnoma orqali lavlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligi va oshkoraligi bo‘yicha respondentlarning fikrini o‘rgandi. Bu haqda O‘zAga asoslanib "Qalampir.uz" xabar berdi.

Fuqarolar hokimiyatning ijroiya organlari faoliyatidan turli darajada qoniqishi so‘rovnoma natijalarida aks etgan. Har ikkinchi respondent hokimiyat ijroiya organlari ishidan mamnun, har uchinchisi – qisman rozi, 12,1 foizi – rozi emas.

Ishtirokchilar hokimiyat ijroiya organlari rahbarlari faoliyatining fuqarolarga ochiqligini ham turlicha baholagan. 40,7 foiz respondentga ko‘ra, barcha ma’lumotlar ochiq va etarli. Qatnashchilarning 33,9 foizi hamma fuqarolar uchun ham ma’lumotlar oshkora emas, deb hisoblaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » So‘rovnoma ishtirokchilarining 34 foizi rahbarlardan ma’lumot ololmaslikdan norozi