Biroz avval, joriy yilning may oyidan boshlab Toshkent shahridagi chorrahalarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida alohida xizmat ishga tushirilishi, haydovchilar qoidabuzarlik va jarimalar haqida shaxsiy kabinetlari orqali ma’lumot olishlari mumkinligi haqida xabar bergan edik.
May oyidan ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan mazkur xizmat haqida Elektron hukumat markazining Axborot-resurslarini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Aziz Azimov dastlabki ma’lumotlarni berdi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Jarima haqidagi ma’lumot qanday olinadi?
Haydovchilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlariga kirib, avtomobilning texnik guvohnomasi raqami va avtomobilning davlat raqamini kiritish orqali, qoidabuzarlik qayd etilgani, uning miqdorini bilishlari mumkin.
Agar chorrahaga o‘rnatilgan kameralar qoidabuzarlikni qayd etsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalidagi foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga ma’lumot yuboriladi.
Bundan tashqari, avtomobil egasi shaxsiy kabinetiga qo‘l telefoni raqamini kiritib, SMS-ogohlantiruv xizmatini yoqtirgan bo‘lsa, jarima haqida xabar uning qo‘l telefoniga yuboriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?