00:46 / 14.04.2017
7 843

Qing‘ir ishning qiyig‘i: kameralardan avtomobil raqamini yashirishga uringanlar qo‘lga tushdi

Qing‘ir ishning qiyig‘i: kameralardan avtomobil raqamini yashirishga uringanlar qo‘lga tushdi
15 martdan e’tiboran Toshkent shahridagi 115 ta chorrahaga o‘rnatilgan 883 ta kuzatuv kamerasi qoidabuzarliklarni qayd etib, jarimalar belgilashni boshlaganidan buyon ko‘plab haydovchilarning halovati yo‘qoldi. Aksariyat haydovchilar endi qoidalarni buzmaslikka, tezlikni me’yordan oshirmaslikka urinyapti. Biroq ular orasida o‘zini tarbiyalash, namunali haydovchi bo‘lishga harakat qilish o‘rniga yo‘l patrul xizmati xodimlari tugul kuzatuv kameralarini ham aldashga, transport vositasining davlat raqamini berkitishga urinayotganlar-da uchrab turibdi.

O‘tkazilgan reydlar davomida avtomashina davlat raqamlarining tusi va rangini oq bo‘yoq bilan o‘zgartirish va xiralashtirish, ustiga oq nim yoki plyonka qoplama yopishtirish, davlat standartlariga javob bermaydigan davlat raqamini taqib yurish holatlari aniqlanmoqda, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Bugungi kunda 7 ta shunday holat aniqlanib, qonun buzgan fuqarolarga nisbatan tegishli ma’muriy ta’sir choralari ko‘rilgan. Bu haqda bugun, 13 aprel kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Shu yilning 8 aprel kuni Erbol Dosimbetov Matiz rusumli avtomashinasining orqa va oldi davlat raqamlari ustiga, 11 aprel kuni Nuriddin Raeziev o‘zining Spark rusumli avtomobilining orqa davlat raqami ustiga o‘zboshimchalik bilan plyonka qoplama yopishtirib, davlat raqamining ko‘rinishini o‘zgartirganlari aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari ko‘rilgan.

Bu nafaqat qoidabuzarlikdan qutulib qolishga, balki ichki ishlar xodimlarini chalg‘itib, boshqa shaxsga nisbatan jarima solishga va o‘z navbatida fuqarolarda norozilik kayfiyatini uyg‘otishga sabab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qing‘ir ishning qiyig‘i: kameralardan avtomobil raqamini yashirishga uringanlar qo‘lga tushdi