09:26 / 14.04.2017
7 026

Bu yil Rossiyaga 600 million dollarlik oziq-ovqat mahsuloti eksport qilinadi

Bu yil Rossiyaga 600 million dollarlik oziq-ovqat mahsuloti eksport qilinadi
Bugun, 13 aprel kuni Milliy matbuot markazida “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi matbuot anjumani o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA'ga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.

Kompaniya tizimida 200 dan ortiq mahalliy va 20 qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Hududlarda meva-sabzavotlarni saqlash, qayta ishlash va eksport kilish bo‘yicha savdo-logistika markazlari barpo etilmoqda. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida savdo-logistika markazlari ishga tushirildi. Kelgusida Angor, To‘raqo‘rg‘on, Jizzax, Bulung‘ur, Bog‘ot tumanlarida logistika markazlari tashkil etish choralari ko‘rilmoqda. O‘tgan yili amalga oshirilgan 420 million dollarlik loyihalar evaziga qariyb 4,5 ming ish o‘rni yaratildi.

Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasida joriy yil uchun 300 million, 2018 yil uchun esa 100 million dollarlik shartnomalar imzolandi. Rossiya bilan esa joriy yil uchun 600 million dollarlik mahsulot etkazib berish borasida kelishib olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 yanvardagi “2017-2018 yillarda meva-sabzavotlarni qayta ishlash, muzlatkichli saqlash hamda qadoqlash materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishida amalga oshiriladigan loyihalar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, umumiy qiymati 144,1 million dollarga teng bo‘lgan 254 ta investisiya loyihasi amalga oshiriladi.

Joriy yilning birinchi choragi natijalariga ko‘ra, “O‘zagroeksport” 101,8 ming tonna meva-sabzavotni eksportga chiqardi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,7 ming tonna ko‘p demakdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bu yil Rossiyaga 600 million dollarlik oziq-ovqat mahsuloti eksport qilinadi