10:28 / 21.04.2017
8 833

Buzilayotgan garajlar ostidan 38 mln AQSh dollari topildi

Buzilayotgan garajlar ostidan 38 mln AQSh dollari topildi
Buzilayotgan garajlar ostidan 38 million AQSh dollari topildi. Aholi esa hayratda. Feysbuk tarmog‘ida ko‘pincha oldi-qochdi ma’lumotlar tarqatib kelgan va yaqindagina mahalliychiligi tufayli keskin tanqidlarga uchragan Uzbek MDK guruhi o‘z sahifasida buzilayotgan garajlar ostida 38 mln AQSh dollari topilganini ma’lum qilib uch dona surat joylagan.


Hozirda Toshkentda garajlar buzilishi boshlangani sababli ko‘pchilik bu ma’lumotni O‘zbekiston, aynan Toshkent hududida deb bilishmoqda. Aslida mazkur suratlarda Lotin Amerikasidagi davlat Ekvadorning Guyaakil shahrida ro‘y bergan voqealar aks ettirilgan. Guruh tomonidan shahar nomi ko‘rsatilgan bo‘lsada, ko‘pchilik uni Toshkentda bo‘lganlikda taxmin qilib adashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buzilayotgan garajlar ostidan 38 mln AQSh dollari topildi