19:43 / 26.04.2017
9 656

Buxorolik traktorchi soxta hujjat bilan 500 ming dollar ishlab topdi

Buxorolik traktorchi soxta hujjat bilan 500 ming dollar ishlab topdi
O‘zbekistonlik traktor haydovchisiga soxta sertifikat olgani uchun sakkiz yillik qamoq jazosi berildi. U o‘zini vrach deb tanishtirib, yarim million dollar ishlagan. Bu haqda “RIA Novocti” nashriga tayanib “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

Buxoro viloyatining Olot tumanidagi qishloqlarning birida traktor haydovchisi bo‘lib ishlagan Qahramon Po‘latov Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “berilgan” Butunjahon xalq tabobati, shiforkorlari va psixologlari assosiasiyasining sertifikatini soxtalashtirgan.

Firibgar bir yil oldin xususiy klinika ochgan. Qarindoshlarini ishga olgan. Tergov natijalariga ko‘ra, foyda qilingan daromad 1,8 milliard so‘mni (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha taxminan 500 ming dollar) tashkil etdi.

Buxoro viloyat sudi Po‘latovga eng kam ish haqqining 150 barobarida (taxminan olti ming dollar) jarima va 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi. Uning sherigi esa qidirilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxorolik traktorchi soxta hujjat bilan 500 ming dollar ishlab topdi