Odatda odamlar lotereya o‘ynab, katta yutuqni qo‘lga kiritganlarida turli noxushliklar yuz bermasligi nuqtai nazaridan ularning ismlari oshkor qilinmaydi. EuroMillions lotereyasi tashkilotchilari ham shu qoidaga amal qilib, yirik miqdordagi yutuq – 83,4 million evro yutgan, Dijon shahrida yashovchi oilani oshkor qilmadi. Bu oilaga yutuqni qo‘lga kiritish uchun 2,5 evro kifoya qildi.
Lotereyada g‘olib bo‘lgan oila avval unga qiziqmagan. Oila rekord darajadagi jekpot o‘ynalayotganini eshitibgina, o‘z omadini sinab ko‘rishga qaror qilgan. Oila bu pulni qanday ishlatmoqchiligini aytmagan. G‘oliblarning ta’kidlashicha, ular o‘z ishlarini tashlab, hordiqqa ketish niyatida emaslar, chunki o‘z ishlarini yaxshi ko‘radilar.
Dijonlik oila yutgan yutuq EuroMillions tarixida yirikligi bo‘yicha 6-raqamlisi bo‘ldi. Bu borada rekord yutuq 2014 yilda qayd qilingan va u portugaliyalikka nasib qilgan. Bu yutuqning miqdori 190 mln evroni tashkil qilgan.
EuroMillions lotereyasi Evropaning bir qator davlatlarida 2004 yildan beri o‘ynalib kelinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?