22:29 / 29.04.2017
16 663

Yurtimiz qorilari Eronda o‘tkazilgan Qur’oni karim musobaqasida ishtirok etdi

Yurtimiz qorilari Eronda o‘tkazilgan Qur’oni karim musobaqasida ishtirok etdi
Shu yilning 19-26 aprel kunlari Eron Islom Respublikasining poytaxti Tehron shahrida o‘tkazilgan 34-Xalqaro Qur’oni karim musobaqasida 2 nafar vakilimiz – Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi “Abu Hurayra” jome masjidi imom-noibi Saidov Xudoyqul hamda Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi “Aziz ota” jome masjidi imom-noibi Aminov Muhammadloiq ishtirok etishdi.

Ushbu musobaqada dunyoning 80 dan ortiq davlatlaridan tashrif buyurgan qorilar ishtirok etib, ular orasida vakillarimizdan Saidov Xudoyqul Qur’oni karimni to‘liq yoddan o‘qib berish (hifz) yo‘nalishi bo‘yicha qatnashgan bo‘lsa, Aminov Muhammadloiq esa Qur’oni karimni tajvid qoidasi bilan o‘qib berish (qiroat) yo‘nalishida ishtirok etdi. Musobaqaning hifz yo‘nalishida 1-o‘rinni Eron, 2-o‘rinni Suriya, 3-o‘rinni Sudan, qiroat yo‘nalishida 1-o‘rinni Eron, 2-o‘rinni Iroq, 3-o‘rinni Shvesiya davlatlari egallashdi. Musobaqa hay’ati tomonidan yurtimiz vakillariga munosib ishtiroki to‘g‘risidagi “Tashakkurnoma” taqdim etildi.

Shuningdek, o‘rta maktab o‘quvchilari, ayol-qizlar va ko‘zi ojizlar ishtirokida ham xalqaro Qur’oni karim musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Barcha ishtirokchilar uchun Tehron shahridagi diqqatga sazovor joylarga ziyorat uyushtirildi.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yurtimiz qorilari Eronda o‘tkazilgan Qur’oni karim musobaqasida ishtirok etdi