19:51 / 02.05.2017
7 034

Kuzatuv kameralari tez kunda butun respublikada ishga tushiriladi

Kuzatuv kameralari tez kunda butun respublikada ishga tushiriladi
Toshkent shahridagi chorrahalarda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari tez orada respublikaning boshqa viloyatlarida ham tashkil etiladi. Bu haqda bugun, 2 may kuni Xalqaro press-klub tashkilotchiligida bo‘lib o‘tgan brifingda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Xolmatjon Saydaliev xabariga tayanib “Qalampir.uz” sayti ma’lum qildi.

“Biz Toshkent shahrida kameralarni o‘rnatgach, olti oy sinov tariqasida ishlatdik. Ungacha kuniga 40 mingtagacha qoida buzilardi. 15 martda 8600 ta holat qayd etildi. Hozir kuniga o‘rtacha 1100-1400 atrofida kuzatilmoqda”, deydi Saydaliev.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston tarixida ilk marta Ichki ishlar vaziri jurnalistlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kuzatuv kameralari tez kunda butun respublikada ishga tushiriladi