12:34 / 04.05.2017
13 547

Prezidentning yangi qarori. Endi qishloqlarda chiroq o‘chmaydimi?

Prezidentning yangi qarori. Endi qishloqlarda chiroq o‘chmaydimi?
Kecha, 3 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2017-2021 yillarda gidroenergetikani rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi deb yozadi Qalampir.uz.

Qarorda qayd etilishicha, O‘zbekistonda 2017-2021 yillar mobaynida 42 ta yangi gidroelektrostansiyalar qurilishi va 32 ta amal qilayotgan GESlarni zamonaviylashtirish rejalashtirilgan.

Respublikada gidroenergetika rivojlanishining quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilangan:

- qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobidan yangi generasiya quvvatlari yaratish va mavjud quvvatlarni yangilash;

- har taraflama asoslangan ilmiy-texnik echimlar asosida katta, o‘rta, kichik va mikro GESlar qurish bilan Respublika gidroenergetika quvvatini oshirish;

- Respublika suv manbalariga har tomonlama ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;

- boshqa davlatlar bilan chegara hududlarida joylashagan suv manbalariga oid xalqaro shartnomalar asosida qabul qilingan majburiyatlarni to‘liq bajarish;

Prezident qarori Respublika energetika balansida qayta tiklanadigan energiya manbalari miqdorini bosqichma-bosqich oshirib borish va shuning asosida ekologik toza generasiya manbalarini yaratish, mavjud gidroelektrostansiyalarni texnik va texnologik qayta jihozlash, xalqaro tajribani hisobga olib, suv manbalaridan samarali foydalanish, energetika manbalarining o‘zaro muvofiqligini oshirish va shuning hisobidan aholi va korxonalarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish maqsadida qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezidentning yangi qarori. Endi qishloqlarda chiroq o‘chmaydimi?