16:38 / 04.05.2017
7 549

Samarqandlik valyutafurushlar qo‘lga olindi

Samarqandlik valyutafurushlar qo‘lga olindi
Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida bir guruh noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berganligini Qalampir.uz ma’lum qilmoqda.

Guruh a’zolari bo‘lgan 1957 yilda tug‘ilgan Q.R., 1984 yilda tug‘ilgan O‘.R. va 1988 yilda tug‘ilgan F.R. o‘z jinoiy faoliyatlarini Urgut tumanining “Yangi kiyim-kechak” bozori atrofida olib borgan. Lekin ularning “Kamangaron” qishlog‘ida noqonuniy valyuta ayirboshlash uchun qilgan harakatlari so‘ngisi bo‘lib qoldi.

Chunki Samarqand tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan S.T.ga Lacetti rusumli davlat belgisi bo‘lmagan avtomashina salonida 16 500 AQSh dollarini 130 350 000 so‘mga noqonuniy ayirboshlab berishayotgan vaqtda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida qo‘lga olindi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandlik valyutafurushlar qo‘lga olindi