12:01 / 16.05.2017
7 977

Kuzatuv kameralari bir kunda mingdan ortiq qoidabuzarlikni qayd etdi

Kuzatuv kameralari bir kunda mingdan ortiq qoidabuzarlikni qayd etdi
Toshkent shahar IIBB joriy yil 14 may kuni Toshkent shahrida qayd etilgan yo‘l-transport hodisalari va aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan ma’lumot berdi, deb yozmoqda Qalampir.uz.

14 may kuni Toshkent shahri hududida 2 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 2 nafar shaxs tan jarohati olgan.

Shu kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 3375 ta qoidabuzarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan 1068 tasini qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar, 28 tasi mast holda transport vositasini boshqarish huquqbuzarliklarini tashkil etdi.

Toshkent shahar IIBB YHHBning Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 14 may kuni jami 1186 ta qoidabuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 598 tasi svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan harakatlangan, 588 tasi belgilangan tezlikni me’yoridan yuqori tezlikda harakatlanish qoidabuzarliklarini tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kuzatuv kameralari bir kunda mingdan ortiq qoidabuzarlikni qayd etdi