15:05 / 18.05.2017
6 298

Toshkentdagi har bir avtobus ventilyatorlar bilan jihozlanadi

Toshkentdagi har bir avtobus ventilyatorlar bilan jihozlanadi
Toshkent shahridagi har bir avtobusga haydovchiga quyosh nurining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishini oldini oladigan parda va 3 tadan ventilyator moslamasi o‘rnatiladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, 17 may kuni «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi X.Xolmatov raisligida jamiyat tarkibidagi barcha korxonalar rahbarlari, mutasaddi xodimlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda X.Xolmatov 12 va 13 may kunlari o‘tkazilgan yig‘ilishlarda berilgan topshiriqlarning ijrosi to‘g‘risida avtobus korxonalari rahbarlarining hisobotini tingladi.

«Toshshahartransxizmat» AJ tizimida ijobiy o‘zgarishlar qilish va aholining roziligini olish uchun avtobus korxonalari rahbarlariga berilgan o‘n kunlik muddatdan 5 kuni qolganligini ta’kidlab, o‘tgan 5 kun davomida ishni yaxshi tomonga o‘zgartirmagan rahbarlarni ogohlantirdi.

«3-avtobus saroyi» MChJ direktorining tasarruf bo‘yicha o‘rinbosari o‘ziga berilgan topshiriqlarning bajarilishida mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganligi, o‘z kasbiga sovuqqonlik bilan yondashganligi, avtobus haydovchilari o‘rtasida tushuntirish ishlarini etarlicha olib bormagani va mehnat intizomini susaytirib yuborgani uchun uni egallab turgan lavozimidan ozod etish taklifi berildi.
Shuningdek, Germaniyadan keltirilgan 1,95 mln evrolik ehtiyot qismlarni uzoq muddatdan buyon to‘xtab turgan avtobuslarga qo‘yib, yo‘nalishlarda harakat muntazamligini ko‘tarish bo‘yicha korxona rahbarlariga va mutasaddi xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, har bir avtobusga haydovchiga quyosh nurining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishini oldini oladigan hamda ko‘rinishini cheklamaydigan maxsus soyabon (parda) hamda kunning jazirama kunlarida yo‘lovchilarga va haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida har bir avtobusga 3 tadan ventilyator moslamasini o‘rnatish bo‘yicha mutasaddi xodimlarga vazifalar berildi.

O‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmasdan mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganligi uchun «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruv raisining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari M.Valievni egallab turgan vazifasidan ozod etish taklifi berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi har bir avtobus ventilyatorlar bilan jihozlanadi