10:01 / 19.05.2017
8 939

Toshkentda bomba haqida yolg‘on xabar bergan ayolning shaxsi aniqlandi

Toshkentda bomba haqida yolg‘on xabar bergan ayolning shaxsi aniqlandi
Joriy yilning 13 may kuni soat 10 larda, o‘zini “Shodmonova Shahrina Alisher qizi” deb tanishtirgan shaxs Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasining “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, Yunusobod tumani hududida joylashgan “Megaplanet” gipermarketining 3-qavatida 2 nafar hijob o‘ragan ayollar, ushbu binoda bomba borligi haqida gaplashayotganliklarini eshitib qolgani haqida xabar bergan.

Mazkur xabar asosida Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi va boshka maxsus xizmatlarning xodimlari “Megaplanet” gipermarketiga zudlik bilan etib borib, o‘rnatilgan tartibda fuqarolarni binodan evakuasiya qilib, maxsus vositalar bilan tekshirilganida binoda portlovchi moddalar yo‘qligi aniqlangan.

Bundan tashkari, 2017 yilning 14 may kuni soat 11 larda, o‘zini “Shodmonova Shahrina Alisher qizi” deb tanishtirgan shaxs takroran Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasining “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, Shayxontohur tumani hududida joylashgan “Makro-Samarqand darvoza” gipermarketining 3-qavatida 2 nafar hijob o‘ragan ayollar ushbu binoda bomba borligi haqida gaplashayotganliklarini eshitib qolgani haqida xabar bergan.

Xabar asosida Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi va boshka maxsus xizmatlar xodimlari “Makro-Samarqand darvoza” gipermarketiga zudlik bilan etib borib, o‘rnatilgan tartibda fuqarolarni binodan evakuasiya qilib, maxsus vositalar bilan tekshirilganida binoda portlovchi moddalar yo‘qligi aniqlangan.

Olib borilgan tergov-tezkor chora-tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni muqaddam o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgani uchun sudlangan Aqmaral Isabekova ekani aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Fuqaro Isabekovaning g‘ayriqonuniy harakatlari natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga jami bo‘lib 40 mln. so‘mdan ortiq moddiy zarar etkazilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan, ya’ni bezorilik alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bomba haqida yolg‘on xabar bergan ayolning shaxsi aniqlandi