16:22 / 19.05.2017
12 610

Surxondaryoda kiyim-kechak bozori butunlay yonib ketdi

Surxondaryoda kiyim-kechak bozori butunlay yonib ketdi
18 maydan 19 mayga o‘tar kechasi Surxondaryo viloyatining Denov tumanida joylashgan “Habib” bozori yonib ketgan. Bu haqda tuman Ichki ishlar boshqarmasi navbatchi xodimi Shokir Meliboyev “Qalampir.uz” saytiga xabar berdi.

Kiyim-kechaklar sotiladigan ushbu bozorda yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida kelib chiqqani taxmin qilinmoqda. Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Xabar berilishicha, jabrlanganlar yo‘q. Biroq bozor butkul yaroqsiz holatga kelgan.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: har bir savdo majmualarida yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari ko‘rilib, bu borada kerakli ishlar amalga oshiriladi. Shunga qaramay, yong‘inlar tez-tez uchrab turibdi. Bunga sabab nimada? Bozor butkul yonib bo‘lganiga qaraganda o‘t o‘chirish xodimlari keraklicha tezlikda ishlamagan. Aks holda shunday katta savdo maskani butkul yaroqsiz holga kelmagan bo‘larmidi?

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda kiyim-kechak bozori butunlay yonib ketdi