22:29 / 21.05.2017
7 484

Shavkat Mirziyoyev arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etdi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Hilol.uz sayti xabar bermoqda.

Sammitda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari va AQSh Prezidenti, BMT, Arab davlatlari ligasi, Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi kengashi bosh kotiblari ishtirok etdi.

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud forum ishtirokchilarini qutlar ekan, ularning ishtiroki sammit nufuzini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Mazkur forum ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, bag‘rikenglik g‘oyalarini ilgari surishi, xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, terrorizm va zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashish arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti kun tartibidagi asosiy masala hisoblanadi. Tinchlikka tahdidlarning oldini olish, barcha davlatlarning milliy-diniy qadriyatlari va madaniyatlarini saqlash sammit ishtirokchilari diqqat e’tiborida bo‘ldi.

Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti islom dini nufuzini yanada oshirish, davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini kengaytirish, terrorizm, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, qurol-yarog‘ va narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurashda muhim omil bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etdi