22:36 / 22.05.2017
13 774

Bosh vazir kartoshka va piyozning narxi bilan tanishish uchun “Chorsu”ga bordi

Bosh vazir kartoshka va piyozning narxi bilan tanishish uchun “Chorsu”ga bordi
Kecha, 21 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozoriga borgani haqida Qalampir nashri xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Bosh vazir bozor faoliyati bilan tanishib, narx-navo, ayniqsa, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining narxini ko‘zdan kechirgan. Bunga shu kunlarda kartoshka, piyoz kabi mahsulotlar va go‘shtning narxi oshib borishi, aholi o‘rtasida vahimalar, bozorlarda navbat kutishlar yuzaga kelayotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ayni paytda Toshkent bozorlarida piyozning 1 kg narxi o‘rtacha 2 ming so‘mni, kartoshkaning narxi esa 5 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev viloyatlar bo‘ylab o‘tkazgan uchrashuvlarida kartoshkaning yangi navlarini ekish, aholini sifatli va arzon kartoshka mahsuloti bilan ta’minlash masalasini o‘rtaga tashlagan edi.

Hukumat rahbari ham “Chorsu” bozoriga tashrifi chog‘ida mumkin qadar kartoshka va piyozning narxini pasaytirishni buyurgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh vazir kartoshka va piyozning narxi bilan tanishish uchun “Chorsu”ga bordi