09:02 / 23.05.2017
10 725

Tojikiston: antikorrupsiyachilar uyidan chiqqan dollarlaru oltinlar (foto)

Tojikiston: antikorrupsiyachilar uyidan chiqqan dollarlaru oltinlar (foto)
Tojikiston internet nashrlarida Davlat moliyaviy nazorat va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi rahbarining sobiq o‘rinbosari Davlatbek Xayrzodaning onasiga qarashli uyda olingani aytilayotgan rasmlar tarqaldi.

Hilol.uz saytining yozishicha, rasmlar Vahdat shahridagi D.Xayrzodaning ota-onasiga tegishli uyda olingan. Rasmlarda oshxonadagi xufya joydan topilgan va tizib qo‘yilgan o‘ram-o‘ram dollarlar tasvirlangan.

Boshqa bir rasmda esa katta miqdordagi tilla taqinchoqlar tasvirlangan, bu boyliklar Antikorrupsiya agentligining sobiq xodimiga tegishli ekanligi aytilmoqda.

Avvalroq Bo‘ston shahrida Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tergovchisi Firdavs Niyozbadalov ota-onasining Bo‘ston shahridagi uyida bunker topilgani va u erga dollarlar, tilla taqinchoqlar va oltita jip mashinasi yashirilgani xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirida Antikorrupsiya agentligining ko‘pgina xodimlari ishdan bo‘shatilgan, keyinroq ularning ba’zilari hibsga olingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tojikiston: antikorrupsiyachilar uyidan chiqqan dollarlaru oltinlar (foto)