07:47 / 23.05.2017
7 400

Video: Melaniya Tramp Isroil aeroportida turmush o‘rtog‘ining qo‘lidan ushlashdan bosh tortdi

Video: Melaniya Tramp Isroil aeroportida turmush o‘rtog‘ining qo‘lidan ushlashdan bosh tortdi
AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp Tel-Aviv aeroportida o‘z turmush o‘rtog‘i Donald Trampning qo‘lini ushlashdan bosh tortgani OAV diqqatidan chetda qolmadi. Kun.uz shu haqida xabar berdi va mavzuga oid video bilan bo‘lishdi.

Mualliflarning yozishicha, nima uchun birinchi xonim prezidentning qo‘lini ushlashdan bosh tortgani noma’lum. Ularning taxminiga ko‘ra, parvoz vaqtidagi turbulentlik Melaniyaning kayfiyatiga ta’sir o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.

Nashrga ko‘ra, videokameralar ob’ektiviga tushgan voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan.

Ta’kidlash joizki, Melaniya Tramp turmush o‘rtog‘ining AQSh prezidenti sifatidagi ilk xorijiy tashrifida unga hamrohlik qilmoqda. Juftlik o‘tgan hafta Saudiya Arabistonida bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Video: Melaniya Tramp Isroil aeroportida turmush o‘rtog‘ining qo‘lidan ushlashdan bosh tortdi