11:49 / 23.05.2017
7 531

Samarqandlik fuqaro o‘z amakisini o‘ldirdi!

Samarqandlik fuqaro o‘z amakisini o‘ldirdi!
Samarqand shahri Farhod qo‘rg‘onida yashovchi ikki qarindosh birgalikda spirtli ichimlik ichishib, o‘zaro janjallashib qolishadi. Oqibatda janjal shu darajaga etadiki, 1985 yilda tug‘ilgan, hech qayerda ishlamaydigan, A.B amakisi bo‘lgan 1973 yilda tug‘ilgan R.Bning ko‘krak va qorniga pichoq bilan urib jarohat etkazadi, deb yozadi Hordiq.uz sayti.

Natijada R.Bga kasalxonada tibbiy muolajalar ko‘rsatilishiga qaramay shu erda vafot etadi. Mushtumzo‘r A.B esa ko‘p o‘tmay ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandlik fuqaro o‘z amakisini o‘ldirdi!