11:51 / 23.05.2017
9 116

6 yoshli qizcha multfilm qahramoniga taqlid qilib, soyabon bilan 4 qavatdan sakradi

6 yoshli qizcha multfilm qahramoniga taqlid qilib, soyabon bilan 4 qavatdan sakradi
Rossiyaning Kuzbassdagi Berezovskiy shahrida yashovchi 6 yoshli qizcha qo‘liga soyabon tutgancha, to‘rtincha qavatdan sakradi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qizcha multfilm qahramoniga taqlid qilgan. Polisiya xodimlari qizchaga bobosi qaraganligini, u bir necha daqiqaga tashqariga chiqqanligiga, qarovsiz qolgan qizcha soyabonini ochib, to‘rtinchi qavatdan pastga sakraganligini aniqladi. Ayni paytda u inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan jarohatlar olgani tufayli kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlar qizchaning ko‘plab sinish jarohati olganligini qayd etishdi. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 6 yoshli qizcha multfilm qahramoniga taqlid qilib, soyabon bilan 4 qavatdan sakradi