Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri polisiya xodimlari chaqalog‘ini 11 500 rublga sotgan o‘zbekistonlik ayolni qo‘lga olishdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
Aniqlanishicha, polisiyaga Varshava ko‘chasida yashovchi tojikistonlik muhojirlarning xonadonida yangi chaqaloq paydo bo‘lib qolgani haqida ma’lumot kelib tushgan. Polisiya xodimlari aytilgan manzilga etib borib, u erda Tojikistondan kelgan juftlik va olti oylik chaqaloq yashayotganiga guvoh bo‘lishgan. Chaqaloq shu xonadon ayolining farzandi sifatida hujjatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.
Surishtiruv ishlaridan keyin tojikistonlik fuqarolar go‘dakni tug‘ilishi bilan sotib olganliklarini tan olib, bunga ko‘rsatma ham berishgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida bolaning haqiqiy onasi qo‘lga olindi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi.
Qayd etilishicha, ikkala tomon tug‘ruqdan avval kelishib olishgan. 2016 yil oktyabr oyida homilador ayol tug‘ruqxonaga Tojikiston fuqarosi pasporti bilan kelgan va chaqaloqni uning nomiga yozdirgan. Ona o‘g‘lining narxini 11 500 rublga baholagan.
Ayni paytda o‘zbekistonlik ayol Rossiyada qo‘lga olingan va unga sud tegishli jazo-chora ko‘rishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?