Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 22 may kuni Toshkent shahrida qayd etilgan yo‘l-transport hodisalari va qoidabuzarliklar haqida ma’lumotlarni e’lon qildi.
Xabar qilinishicha, 22 may kuni Toshkent shahri hududida 4 ta yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 5 nafar shaxs tan jarohati olgan.
Yo‘l harakati xavfsizligining qoidabuzarliklarni aniqlash borasida YPX inspektorlari tomonidan jami 2051 ta qoidabuzarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Ushbu qoidabuzarliklardan 716 tasi qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar, 16 tasi esa mast holda transport vositasini boshqarish huquqbuzarliklaridir.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 22 may kuni jami 944 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 473 tasi svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 471 tasi tezlikni belgilangan me’yordan oshirish qoidabuzarliklaridir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi