21:58 / 24.05.2017
6 995

Ispan sudi Messini 21 oy qamoq jazosiga hukm qildi

Ispan sudi Messini 21 oy qamoq jazosiga hukm qildi
Ispaniya Oliy sudi “Barselona” hujumchisi Lionel Messini 21 oy qamoq jazosiga hukm qilganligini tasdiqladi. Bu haqda Football Espana nashri o‘zining “Tvitter”dagi sahifasi orqali xabar tarqatmoqda.

Messi va uning otasi 2007, 2008 va 2009 yillarda soliqlardan bo‘yin tovlash aybi bilan joriy yilning iyun oyida sudda javob berishadi. Gap argentinalik futbolchining o‘sha yillarda o‘z imijidan topgan daromadi haqida ketmoqda.

Ammo, shuni eslatib o‘tish lozimki, bu hukm futbolchini qamoqqa kirishiga sabab bo‘la olmaydi. Boisi, Ispaniyada 2 yildan kam bo‘lgan qamoq jazosi tegishli tartibda sinov muddatiga almashtirilishi mumkin.

Manba: Hilol.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ispan sudi Messini 21 oy qamoq jazosiga hukm qildi