Toshkent shahrida qalbaki guvohnoma taqdim etgan shaxs aniqlandi, deb xabar qilmoqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2017 yilning 21 may kuni taxminan soat 02:00 da, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan, Yunusobod tumanida joylashgan “Uch Qaxramon” yo‘l-patrul xizmati maskanida davlat raqam belgisi 01 N 352 GA bo‘lgan «Matiz» rusumli avtoulov to‘xtatilgan vaqtda, haydovchi Anvar Tojiboyevich Turakulov o‘zini ichki ishlar xodimi deb tanishtirib, xizmat guvohnomasini taqdim etgan. Xizmat guvohnomasi asliga shubhalanilganligi sababli, u IIBga olib borilib, undan ushbu guvohnoma olib qo‘yilgan.
Foto: Toshkent shahar IIBB
Olib borilgan tergov oldi surishtiruv jarayonida guvohnoma A.T.Turakulovning marhum otasiga tegishli bo‘lganligi va unga o‘zining fotosuratini yopishtirib, soxtalashtirganligi aniqlangan.
Foto: Toshkent shahar IIBB
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 228-moddasi 1-qismi bilan (soxtalashtiruvchining o‘zi foydalanish maqsadida rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Foto: Toshkent shahar IIBB
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, “102” telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar idoralariga murojaat etishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi