00:27 / 26.05.2017
8 403

Qamchiq dovonida sement ortilgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Qamchiq dovonida sement ortilgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
25 may kuni tongda Qamchiq dovonida MAN yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

“Qalampir.uz” sayti muxbirining xabar berishicha, yo‘lda ketayotgan mashina haydovchisi nazoratni yo‘qotib, mashina bilan birga yo‘l to‘sig‘iga borib urilgan.

Hodisa tufayli yuk mashinasi oldi tomonining deyarli 80 foizi qayta ta’mirlaydigan ahvolga kelib qolgan. Mashina bortiga yuklangan sement xaltalarining barchasi yo‘lga ag‘darilgan.

Mashina haydovchisi YTH natijasida kichik tan-jarohatlari olgan. Uning ahvoli xavotir oladigan darajada emas. Hozirda qutqaruv xizmati xodimlari voqea sodir bo‘lgan joydagi yo‘lga to‘kilgan sementni bartaraf etishmoqda.

YTH sodir bo‘lgandan so‘ng yo‘lning bir qismida mashinalar harakati tirbandligi vujudga keldi. Haydovchining mashinani qanday bu ahvolga keltirgani hozircha noma’lum. Katta ehtimol bilan mashina haydovchisi rulda uxlab qolgan bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovonida sement ortilgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi