14:48 / 26.05.2017
7 002

Video: Toshkentda ayol o‘zini mashina ostiga tashlamoqchi bo‘ldi

Video: Toshkentda ayol o‘zini mashina ostiga tashlamoqchi bo‘ldi
Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhida videoxabar qoldirildi. Unda ayol o‘zini mashina tagiga tashlashga uringani tasvirlangan.

Xabarda yozilishicha, kichik halqa yo‘lining Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishmasi yaqinida bir ayol o‘zini mashina tagiga tashlashga uringan. Yo‘lga yugurib chiqqan ayolni urib yuborishiga bir baxya qolgan avtomobilda o‘rnatilgan videoregistrator voqeani tasvirga olgan.

Avtomobil tezligi yuqori bo‘lmagani tufayli haydovchi vaqtida to‘xtagan va fojianing oldi olingan.

Videoda yo‘lga yugurib chiqqan ayol asabiy holatda ekani va haydovchiga qarata «Bo‘l!», deya baqirganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng ayol qo‘shni polosaga o‘tib ketgan.

Qayd etish kerakki, bu hafta ichida shunday holat ikkinchi marta yuz berishidir.

21 may kuni Amir Temur ko‘chasining Toshkent teleminorasi yaqinidan o‘tgan qismida bir ayol o‘zini mashina ostiga tashlashga uringani aks etgan videoyozuv tarqalgandi.

Unda shaxsi noaniqligicha qolgan piyoda g‘arazli maqsadda yaqinlashib kelayotgan avtomobil yo‘liga yotib olgani yaqqol ko‘rinadi. Haydovchi epchillik qilib avtomobilni to‘xtatgan. Buni ko‘rgan piyoda hech narsa bo‘lmagandek, joyidan turgan va yo‘l chetiga chiqib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Video: Toshkentda ayol o‘zini mashina ostiga tashlamoqchi bo‘ldi