13:57 / 29.05.2017
7 368

Toshkentda sodir etilgan talonchilik fosh etildi

Toshkentda sodir etilgan talonchilik fosh etildi
2017 yilning 27 may kuni taxminan soat 01:00 da, muqaddam sudlangan Aleksanr Anatolevich Lyan, tanishi Natasha Soyning Mirzo Ulug‘bek tumani hududidagi xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 200 AQSh dollari miqdorda pul mablag‘larini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, jinoyat sodir etgan joyidan yashiringan.

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, A.A.Lyan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 3-qismi «b» bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini uy-joyga g‘ayriqoniniy ravishda kirib ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Lyanga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning xar qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda sodir etilgan talonchilik fosh etildi