17:03 / 29.05.2017
9 011

Davlat test markazi rahbari o‘zgardi

Davlat test markazi rahbari o‘zgardi
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Karimov Majit Malikovich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori etib tayinlandi. Bu haqida "Kun.uz"​ xabar berdi.

Majit Karimov Islom Karimov nomini olgan Toshkent davlat texnika universiteti rektori, 2016 yildan - bosh vazir o‘rinbosari, keyin esa Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ta’kidlash joizki, M.Karimov ushbu lavozimda Test markazini 2014 yildan beri boshqarib kelgan Jahongir Ismoilovning o‘rnini egallagan.

"Kun.uz" xodimi mazkur xabarni rasman tasdiqlatish maqsadida DTM direktor o‘rinbosari Haqberdiev Q.Q. qabulxonasiga qo‘ng‘iroq qildi. Go‘shakni ko‘targan inson o‘zini tanishtirishni ham istamay, "Yozma ravishda murojaat qiling, javob beramiz, rahmat" degancha uni qo‘yib qo‘ydi...

Tezkorlik zamon talabi bo‘lgan bir davrda davlat idoralari xodimlarining bunday javoblari kishini o‘ylantirib qo‘yadi, go‘yoki so‘nggi vaqtlarda tadbirlarda bot-bot takrorlanayotgan "barcha savollarga javob beriladi" degan gaplar havoda muallaq qolib ketgandek tasavvur uyg‘otadi shunday paytlarda. Holbuki, DTM saytida sobiq rahbarning ismi sharifi olib tashlangan, hammasi ayon bo‘lib turgan vaqtda DTMning o‘zida jimlik. Nahotki, birgina xabarni tasdiqlash - "ha" yoki "yo‘q" deya javob berish qiyin bo‘lsa?!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat test markazi rahbari o‘zgardi