00:16 / 30.05.2017
5 742

Usmonov Navalniyga videomurojaati bo‘yicha tanlov o‘tkazadi: har hafta g‘olibiga iPhone hadya etadi

Usmonov Navalniyga videomurojaati bo‘yicha tanlov o‘tkazadi: har hafta g‘olibiga iPhone hadya etadi
Videobloger sifatida ilk bora imkoniyatlarini sinab ko‘rgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov o‘zining Navalniyga videomurojaatlariga yasalgan memlardan xursandligini yashirmayapti. Bir muddat avval, ko‘pchilik uchun kutilmaganda videobloger sifatida kuchini sinab ko‘rgan tadbirkor Usmonov muxolifat vakili Aleksey Navalniyga bir necha murojaatidan so‘ng, muloqotini ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bilan davom ettirish niyatida. Bu haqda Kun nashri ma’lum qildi.

Usmonovning Navalniyni «sensirashi» va muxolifat vakili tarjimai-holi, tabiatini ifodalashda qo‘llagan so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi hamda ko‘chirma gap, memlar va parodiyalarga aylandi.
Yangi videobloger, o‘zining iqror bo‘lishicha, jamoatchilikning uning shaxsiyatiga kutilmaganda bu qadar qiziqishidan juda xursand bo‘lgan va ijtiomiy tarmoqlar foydalanuvchilari bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida.

Bugun Usmonov «VKontakte»dagi sahifasida internet-foydalanuvchilarga murojaatini qoldirdi. Tadbirkorning tan olishicha, u «tarmoqda erkin muloqot va san’at rivojlanishidan tom ma’noda manfaatdordir».

«Men hazil va latifalarni yaxshi ko‘raman, shu boisdan ham videomurojaatim bilan stikerlar, karikaturalar, parodiyalar, videoroliklar va memlarga sabab bo‘lganimdan xursandman», — deb qayd etgan Usmonov. Uning va’da berishicha, haftada bir marta o‘z sahifasida Navalniyga videomurojaati bo‘yicha san’at asarlaridan namunalar joylashtirib boradi.

Usmonovga yoqqan videomahsulot esa taqdirlanadi: «…va haftada bir marta mening sub’ektiv qarashimga yoqqan muallifni o‘zimning ilk videomni olgan qurilma — iPhone 7Plus hamda imzom chekilgan va mem qayd etilgan futbolka bilan taqdirlayman».

Shundan so‘ng, Usmonov shu haftaning g‘olibini ma’lum qilgan.
Milliarder, shuningdek, telegram stikerlari muallifini ham e’tirof etgan. «Bu mahsulotlarni ishlab chiqqanlar sovg‘alar bilan mukofotlanishadi», — degan Usmonov.
Tanlov o‘tkazish uchun «VKontakte»da maxsus sahifa ham ochildi. Tanlov bo‘yicha barcha savollarni ushbu sahifaga shaxsiy murojaat vositasida berish mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Usmonov Navalniyga videomurojaati bo‘yicha tanlov o‘tkazadi: har hafta g‘olibiga iPhone hadya etadi