6 522
Navalniy - Alisher Usmonov videojangi: muxolifatchi oligarxga qarshi dalillarni sanab chiqdi
Rossiyalik oligarx Alisher Usmonovning muxolifatdagi siyosatchi, «Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi» etakchisi Aleksey Navalniyga ikkinchi videomurojaati ortidan, Navalniy yana Alisher Usmonovga javob tayyorladi.
Eslatib o‘tamiz, A.Usmonov ikkinchi chiqishida Navalniyni birorta ham isboti yo‘qligi, barcha gaplari quruq bo‘hton ekanligida ayblab, 31 may kuni sudda javob berishini aytib o‘tgan edi.
Navalniy yangi murojaatida Usmonovning har bir ayblovlariga punktma-punkt javob berib, dalil-isbot uchun hujjatlar va havolalar keltirib, uning davlat aktivlarini noqonuniy o‘zlashtirish, soliqdan qochish va yuqori martabali davlat amaldorlariga, xususan bosh vazir Dmitriy Medvedev bilan jinoiy til biriktirganlikda ayblagan.
«Bizning Usmonov bilan bunday suhbatlarimiz diqqatni bosh badkirdorlar — Medvedev va Putindan nariga olib ketmoqda, biroq baribir bu foydali dialog», — degan Navalniy.
«Xomashyo oligarxlari jonga tegishdi. Ular zararkunanda insonlar. Ulardan mutlaqo foyda yo‘q. Ular hech narsa qurmagan, ixtiro qilmagan yoki bajarmagan. Ular xomashyo sotib, korrupsiya va ishchilarga past maosh to‘lab, foyda olishadi. Bu haqda oligarxlarga qarshi manifestimda ham yozganman», — degan muxolifatchi.
«Ha, men Putinga qarshiman, uni bosh badkirdor deb bilaman. Lekin «Ha, men Usmonovga qarshiman», deb ayta olish ham muhimlikda undan qolishmaydi. Oligarxlar — ziyonkor rejimning tayanchi, u mamlakatdagi qashshoqlikning sabablaridan biri», — degan A.Navalniy. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»