22:19 / 03.06.2017
11 859

Video: Shavkat Mirziyoyevning Andijonga tashrifi, 2-kun

Video: Shavkat Mirziyoyevning Andijonga tashrifi, 2-kun
Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifini davom ettirdi. Bugun, 3 iyun kuni Prezident Andijon shahridagi “Yoyilma” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilish uchastkasida ham bo‘ldi. Andijon shahrida Universal sport majmuasi qurish, Muhammad Yusuf maktabini tashkil etish, yangi istirohat bog‘i bunyod qilish, tibbiyot maskanlarini kapital ta’mirlash loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon viloyatidagi Xalq qabulxonasini borib ko‘rdi va u erdagi sharoitlar bilan tanishdi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi eski “Andijonmash” aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi. Bu erda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan kichik sanoat zonasi loyihasi bilan tanishdi. Shuningdek, Prezident “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Andijon viloyatida amalga oshirishni rejalashtirgan loyihalar bilan tanishdi.

Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga uyushtirgan ilk tashrifi yakuniga etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Video: Shavkat Mirziyoyevning Andijonga tashrifi, 2-kun