01:39 / 05.06.2017
12 536

#SpravedlivostJasuru: gumondor Islom To‘laganovning suratlari paydo bo‘ldi

#SpravedlivostJasuru: gumondor Islom To‘laganovning suratlari paydo bo‘ldi
P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejida o‘z kursdoshlari tomonidan kaltaklanib, keyinchalik halok bo‘lgan Jasur Ibrohimovning onasi yuz bergan fojia yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yozib, adolat qaror topishini va aybdorlar jazolanishini so‘ragan edi.

Taxmin qilinishicha, marhum Jasurbekni Islom To‘laganov boshliq yana 5 nafar o‘smir tepkilagan. Hozircha bosh gumondor Islom To‘laganov bo‘lib turibdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Jasurbek Ibrohimov qotilining gumondori Islom To‘laganov fotosuratlari paydo bo‘ldi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Eslatib o‘tamiz, Islomning otasi Abdujalil Rasulov o‘g‘liga qonuniy jazo ko‘rilishini talab qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » #SpravedlivostJasuru: gumondor Islom To‘laganovning suratlari paydo bo‘ldi